Hindiston “Ko‘xinur”ni qaytarmoqchi
Mashhur olmos 1849-yildan buyon Britaniya tasarrufida.

Hindiston Buyuk Britaniyadan “Ko‘hinur” olmosini qaytarib olmoqchi. Bu haqda Hindiston TIV rasmiy vakili Arindam Bagchi maʼlum qildi.
“ ‘Ko‘hinur‘ va boshqa olib chiqib ketilgan qadimiy boyliklarni Buyuk Britaniya hukumati hamda boshqa davlatlar oldida ko‘tarishda davom etamiz. Biz bu masalada bizni qanoatlantiradigan qarorga kelish yo‘llarini qidiramiz”, – degan diplomat.
Rasmiy vakil “Ko‘hinur” masalasi doimiy ravishda London oldida ko‘tarilib kelishini eslatib o‘tdi.
Ushbu olmos 1849 yil o‘sha paytdagi qirolicha Viktoriyaga Panjob maxarojasi Dalip Singx tomonidan sovg‘a qilingan. o‘sha paytda maxaroja 11 yosh bo‘lgan. ko‘plab hindistonliklar uning kichik yoshligidan foydalanib britaniyaliklar bosim o‘tkazgan degan fikrda.
Qirolicha Yelizaveta Ikkinchining 8 sentyabrdagi vafotidan so‘ng Hindistonda olmosni qaytarish bo‘yicha ko‘plab chaqiriqlar yangradi. “Ko‘hinur”ning vazni 108 karatni tashkil etadi va Britaniya monarxlari tojining bezagi hisoblanadi.







