Lukashenko Ostonada sobiq hamkasbi bilan uchrashdi
Belarus prezidenti Nazarboyev mehmoni bo‘ldi.

Belarus prezidenti Ostonaga tashrifi paytida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Ikki siyosatchi uchrashuvi to‘g‘risidagi video shanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Unda sobiq prezidentning Lukashenkoni uyi ostonasida kutib olganini ko‘rish mumkin. shundan so‘ng ular birgalikda suratga tushgan va kamin oldida suhbatlashgan.
Ushbu uchrashuv juma kuni bo‘lgani aytilmoqda. Nazarboyev Belarus rahbariga YEOII majlisida tushgan rasmlarini ko‘rsatgan.
Lukashenko Ostonaga Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti va MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgandi.







