O'zbekiston

Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov “Millionli shahar” loyihasi asosida amalga oshiriladigan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi

 

“Millionli shahar” loyihasi doirasida Samarqanddagi 42 ta davlat tashkiloti shahar tashqarisiga ko‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimi Fazliddin Umarov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, viloyat maʼmuriy markazini Gulobod qo‘rg‘oniga ko‘chirish va boshqa tadbirlar ko‘zlangan bosh reja hamda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

 

Samarqand shahrida 178 ta davlat tashkiloti joylashgan. Shaharni “Millionli shahar”ga aylantirishda shaharsozlikning “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida tashkil etish, zamonaviy IT-parklarda tizimlashgan texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “ekologik toza shahar”ga aylantirish va “xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Buning uchun dastlab 42 ta davlat tashkiloti shahar atrofiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 6 ta aholi turar maskanlariga tutash joylarda kichik sanoat zonalari va ishlab chiqarish obyektlari barpo etish ham ayni shu maqsadga qaratilgan.

 

Loyiha doirasida 7 ta markaziy chorrahalarda muayyan vaqtlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish uchun yo‘l o‘tkazgichlar barpo etish taklifi ishlab chiqilyapti.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi | Zamon.uz