O'zbekiston

Jizzaxda sigaret chekkan bolaning onasi jarimaga tortildi

Holat yuzasidan viloyat XTB izoh berdi.

Jizzaxda sigaret chekkan bolaning onasi jarimaga tortildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax shahrida maktab o‘quvchi elektron sigaret chekkani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

O‘rganishlar natijasida videodagi bola Jizzax shahrining Madaniyat mahallasi yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan, Jizzax shahar XTBga qarashli 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi N.X. ekanligi aniqlangan.

 

Holat 15-oktyabr kuni soat 13:00 larda o‘quvchi maktabdan uyiga ketayotgan vaqtida maktab to‘g‘risida joylashgan do‘kon oldida tasvirga olingan. Bolaning tanishi bo‘lgan kibersport bilan shug‘ullanuvchi B.A. N.X.ning elektron segaret chekib yurganligini ko‘rib, undan nima uchun chekayapsan, deb so‘ragan, lekin uni chekishga majburlamagan va unga ushbu holatni videotasvirga olayotganligini aytib ogohlantirgan.

 

Hozirda voyaga yetmagan N.X.ning onasi Q.Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda sigaret chekkan bolaning onasi jarimaga tortildi | Zamon.uz