Kosonda Spark ishtirokidagi YTH oʻlim bilan tugadi
Viloyat IIB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bugun, 16-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Avtohalokat soat 02:30 larda A-380 Gʻuzor–Buxoro–Nukus–Beynau avtomobil yo‘lining Koson tumani “Obron” MFY hududidan o‘tgan qismida yuz bergan. Haydovchi T.B. Spark rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. Hodisa oqibatida haydovchi T.B. hodisa joyida, uning yo‘lovchisi U.V. esa shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.








