O'zbekiston

Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Unda 30 nafar xorijiy ekspertlar qatnashdi.

Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

 

14-15-oktyabr kunlari Samarqand shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) ko‘magida “Oziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar” mavzusida IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

 

Yirik ilmiy forum Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlandi. 16 oktyabr global hamjamiyatni oziq-ovqat xavfsizligiga erishish va dunyodagi ochlikni yo‘q qilish uchun birgalikda ishlashga va barcha uchun yaxshiroq, barqaror kelajakni yaratishga chaqiradi.

 

Ajumanda Germaniya, Qozog‘iston, Pokiston, Rossiya, AQSH va Tojikistondan 30 nafar soha vakillari, shuningdek, 240 dan ortiq mahalliy mutaxassis va olimlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan qizg‘in muhokamalar bilan kechgan ma’ruzalar va taqdimotlar qilindi, ko‘plab qiziqarli g‘oya va fikrlar bildirildi, yorqin faktlar va ilmiy izlanishlarning yangi natijalari taqdim etildi.

 

Jumladan, Vashington universiteti professori Tomas Lampkin (AQSH) “Iqlim o‘zgarishi va agroekotizimlarning mahsuldorligi” mavzusida, Qaid-i Azam Universiteti professori Muhammad Zafar (Pokiston) “Yovvoyi mevalarning parhez birikmalarini tahlil qilish va ularning oziq-ovqat xavfsizligi va barqarorligiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi. O‘z navbatida, Sankt-Peterburg biotexnologiya va oziq-ovqat ishlab chiqarish Oliy maktabi direktori Yuliya Bazarnova (Rossiya) “Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi yangi ta’lim texnologiyalari” haqida gapirdi.

 

Konferensiya “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston va jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash Konsepsiyasini amalga oshirishning muhim masalalari va muammolari”, “Noqulay mintaqalarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari”, “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy bio- va agrotexnologiyalardan foydalanishning ahamiyati”, “Ovqatlanish sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar” va “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integrasiyasi” kabi yo‘nalishlarda ish olib bordi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz