O'zbekiston

SSV chiroyli qomat uchun dori ichayotganlarni ogohlantirdi

Ma’lum bo‘lishicha, steroid preparatlar sabab ko‘plab yoshlar xavfli kasallikka chalinmoqda.

SSV chiroyli qomat uchun dori ichayotganlarni ogohlantirdi

 

So‘nggi paytlarda shifoxonalarga infarkt, insult, tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi kabi xavfli xastaliklar bilan murojaat qilayotgan yoki og‘ir ahvolda olib kelinayotgan fuqarolar orasida yosh, jismonan baquvvat, tog‘ni ursa talqon qiladigan qaddi-qomatga ega bemorlar ham uchramoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

 

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, ushbu bemorlar tana mushaklari massasi va quvvatini oshirish maqsadida bodibilding, kulturizm, fitnes kabi sport turlari bilan shug‘ullanish davomida kukun, tabletka va in’yeksiya shaklidagi turli biologik faol, xususan, proteinli qo‘shimchalardan muntazam foydalanib kelgan. 

 

Hatto ular orasida haftasiga bir-ikki marotaba turli ko‘rinishdagi preparatlarni tizimli ravishda qo‘llaganlar ham uchrab turadi. Oqibatda qondagi gemoglobin, eritrosit, trombositlar miqdori o‘zgarib, qon quyuqlashishi yuzaga kelgan. So‘ngra tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi hisobiga yuqoridagi singari xavfli asoratlar paydo bo‘lgan. 

 

Tahlillarga ko‘ra, foydalanilayotgan bu singari steroid preparatlar va anabolik komplekslarning aksariyati tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va tibbiyot xodimlari nazoratisiz qabul qilingan.

 

“Yoshlarimiz sport bilan shug‘ullanayongani, albatta, quvonarli holat. Ammo uni sog‘lik uchun ziyon yetkazadigan mashg‘ulotga aylantirib qo‘ymasligimiz kerak. 

 

Afsuski, bugun ayrim yoshlarimiz bilak va mushaklarim yanayam baquvvat, qomatim kelishgan bo‘lsin, deb, mutaxassislar bilan maslahatlashmay, palapartish, nazoratsiz turli zararli vositalar, oqsil va gormonlarni qabul qilayotgani juda achinarli. Bu sog‘lom turmush tarziga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shunday ekan, yoshlar, ota-onalar va jamiyat faollari, sog‘lom turmush targ‘ibotchilari, tibbiyot xodimlarini bu borada yanada xushyor va e’tiborli bo‘lishga chaqiramiz. 

 

Baquvvat bilak va mushaklar, chiroyli qomat uchun sog‘lom va o‘ktam yigitlarimizning o‘z hayotini xavf ostida qoldirishiga hech birimiz befarq bo‘lmasligimiz shart.

 

O‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, ayniqsa, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlari, oilaviy shifokor va hamshiralarning targ‘ibot va profilaktika dasturlaridan ana shu masalalar yanada qat’iy o‘rin olishi choralarini ko‘ramiz. 

 

Qolaversa, tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmay realizasiya qilinayotgan yuqoridagi singari preparatlar savdosi tegishli davlat organlari tomonidan qat’iy nazorat ostiga olinishi va davolash standartida ko‘zda tutilmagan dori-darmonlarning ishlatilishiga chek qo‘yish zarur, deb hisoblayman”, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

SSV chiroyli qomat uchun dori ichayotganlarni ogohlantirdi | Zamon.uz