Turkiyada 24 qavatli bino yonib ketdi
Hozirda u nazoratga olingan.

Istanbulning Fikirtepe tumanida 24 qavatli bino yonib ketdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, osmono‘par binoning pastki qavatida boshlangan yong‘in ko‘p o‘tmay yon tomondagi yo‘lak orqali yuqori qavatlarga ko‘tarilgan.
O‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilib, bino nazoratga olingan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘li yong‘inda halok bo‘lganlar yo‘qligini aytdi.
“Yong‘in kelib chiqish sabablari tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.








