Bill Geyts “Tolibon” bilan hamkorlik qilmoqda
Milliarder aynan qaysi yo‘nalishda harakatga yordam berayotganini ochiqladi.

Bill va Melinda Geytslar fondi toliblar bilan Afg‘onistonda sog‘liqni saqlash masalasida hamkorlik qilmoqda. Bu haqda amerikalik biznesmen The Daily Telegraph gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, fond vakillari “Tolibon” bilan Qatarda bir necha bor uchrashgan, ammo bu bo‘yicha batafsil maʼlumot berilmagan. Milliarder bu kabi aloqalar AQSHning toliblar harakatiga qarshi sanksiyalari tufayli murakkab kechmoqda.
“Rostini aytganda, bu mavzu maxfiy ekanligini bilmayman. Men poliomiyelitni yo‘q qilish kampaniyasiga yordam berish uchun hamma narsaga tayyorman. Bu fondning ustuvor maqsadi”, – degan Geyts.
Microsoft asoschisi 2007 yilda buyon poliomiyelitga qarshi kurash uchun 5 milliard dollar ajratdi.
Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimidagi vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda. AQSH kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatda 3 milliondan ortiq bola poliomiyelitga qarshi emlanish imkoniyatiga ega emas.
Avvalroq toliblar Rossiya bilan energetika sohasida hamkorlik qilishga ko‘ndirgandi.







