"Eng semiz ayiq" tanlovi g‘olibi aniqlandi
Ishtirokchilar o‘rtacha 400 kilogrammgacha tosh bosadi.

Alyaskada Fat Bear Week tanlovi yakunlandi.
Qishki uyquga tayyorlanayotgan ayiqlar hozir baliqxo‘rlik bilan band, semizlik tanlovida qatnashishayotganini o‘zlari ham bilmaydi.
Bu yilgi tanlovda 747-raqamli Otis laqabli ayiq g‘olib bo‘ldi. U dunyodagi eng katta ayiq. Boshqa turdoshlari o‘rtacha 270-400 kilogramm tosh bosadi, u esa 635 kilo og‘irlikka ega.







