Jahon

Germaniyada sayyohlar uchun yangi soliq joriy etildi

Mehmonxona egalari u xarajatlarni kamaytirishiga ishonmoqda.

Germaniyada sayyohlar uchun yangi soliq joriy etildi

 

Germaniya restoran va mehmonxonalari energetika inqirozidan aziyat chekmoqda. Ular xarajatlarni kamaytirish maqsadida elektr toki va isitish uchun qo‘shimcha haq olishni boshladi. Bu haqda Redaktions Netzwerk Deutschland nashri eʼlon qildi. 

 

Xabar qilinishicha, mehmonxonalar narxiga kuniga 3 yevrodan 9 yevrogacha qo‘shimcha to‘lov qo‘shiladi.

 

Shu bilan birga mehmonxonalar keyinchalik to‘lov hajmini oshirish huquqini saqlab qoladi.

 

Restoranlarda esa har bir mehmondan o‘rtacha 1,5 yevro olib qolinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"