O'zbekiston

Prezident qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Ulardan birinchisi Olimpiya shaharchasi bo‘ldi.

Prezident qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

 

Bu majmua 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Shunga muvofiq, xalqaro sport federatsiyalari talablariga javob beradigan olimpiya stadioni, yopiq va ochiq majmualar, suv sporti va eshkak eshish havzalari, mashg‘ulot joylari qurilishi loyihalashtirilgan. 

 

Bu galgi taqdimotda mazkur yirik loyihaning tashkiliy-moliyaviy jihatlari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar bu borada xorijiy kompaniyalarning takliflari, qurilish materiallari va sport jihozlarini yetkazib berish jadvallari haqida axborot berdi.

 

Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasini qurish bilan birga keyinchalik undan samarali foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

 

"Avvalo, ishlarni aniq rejali qilib, majmuani sifatli qurish, Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish kerak. Yana bir muhim masala – keyinchalik bu shaharchadan qanday foydalanish. Shuning uchun musobaqadan so‘ng, bu yerni ham murabbiylar, ham sportchilarni tayyorlaydigan muassasaga aylantirish zarur. Maʼmuriy binolarda Sportni rivojlantirish vazirligi va federatsiyalarni ham joylashtirish mumkin. Shunda bu yerda yaxlit sport muhiti bo‘ladi. Yoshlarimiz uchun sport inshootlari qurish bilan birga metodikani ham rivojlantirib borish kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Taqdimotda Parkent tumanida turizmni rivojlantirish loyihasi ham namoyish qilindi.

 

Bu haqda shu yil 22 sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida aytilgan edi. Prezidentimiz viloyatda turizm imkoniyatlari juda yuqoriligini taʼkidlab, tumanlarda bundan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

 

Shunga muvofiq, Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘laydigan “Toshkent viloyatining oltin halqasi” tashkil etilmoqda. Masalan, Parkent tumanida Kumushkon, Zarkent va So‘qoq qishloqlari atrofida dam olish maskanlari ko‘p. Lekin infratuzilma yetarli bo‘lmagani sababli xizmatlar rivojlanmagan.

 

Shu bois bu bo‘yicha alohida bosh reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Parkentdagi turizm hududiga olib boruvchi yo‘llar yaxshilanib, elektr energiyasi, ichimlik suvi tarmoqlari quvvati oshiriladi. Qarovsiz adirliklarga suv chiqarilib, soya-salqin maskanlar ko‘paytiriladi. Umuman aytganda, infratuzilma davlat tomonidan barpo etilib, turizm uchun istiqbolli hududlar auksionga qo‘yiladi.

 

Davlatimiz rahbari bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy loyiha ekanini taʼkidlab, infratuzilmani qurish ishlarini tizimli olib borish uchun boshqaruv kompaniyasi tuzish taklifini bildirdi.

 

Taqdimotda Surxondaryo viloyatidagi Hakim at-Termiziy maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoitlarni kengaytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi | Zamon.uz