O'zbekiston

Kaltaklangan tez yordam xodimiga ko‘krak nishoni berildi

Hozirda u bosh miya shikastlanishi tashxisi bilan shifoxonada davolanmoqda.

Kaltaklangan tez yordam xodimiga ko‘krak nishoni berildi

 

Avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanida “Tez yordam” xodimlari kaltaklangani haqida xabar qilingandi. Ayni paytda ushbu hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olgan “103” haydovchisi I.H. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tegishli muolajalarni olmoqda. 

 

Dastlabki tekshiruvlar natijasida unga “Bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap tizza sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.

 

Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyroxirurgiya bo‘limida davolanayotgan ushbu bemor holidan xabar oldi.

 

“Afsuski, keyingi paytlarda o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan shifokor va hamshiralar, ayniqsa, “Tez yordam” xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari tez-tez uchramoqda. Aholining sog‘ligini himoya qilishda o‘zini ayamay jon kuydirayotgan tizim xodimlariga tajovuz qilgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda qat’iy javobgarlik belgilanishi ustida ishlanmoqda. O‘ylaymanki, qonunchilikka kiritilayotgan bu o‘zgarishlar soha vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim asos bo‘ladi”, — dedi B.Musayev.

 

Vazir bemor bilan muloqot davomida unga tezroq sog‘ayishini tilab, mushtumzo‘r fuqaroga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo belgilanishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. 

 

Shuningdek, suhbat davomida bemor o‘z holidan xabar olgani kelgan vazirga alohida minnatdorlik bildirib, 64 yoshga kirganiga qaramay, xalq salomatligi yo‘lida g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishdan tolmasligini, otasi tengi insonga, qolaversa, tibbiyot brigidasi tarkibida chaqiruv manziliga borgan shifokor ayolga qo‘l ko‘targan kimsa esa qonun oldida javob berishiga qat’iy ishonishini ta’kidladi.

 

Muloqot so‘ngida o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, muhim daqiqalarda tezkorlik va professionallik sifatlarini namoyon etgan tez tibbiy yordam brigadasi xodimiga “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni berildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Kaltaklangan tez yordam xodimiga ko‘krak nishoni berildi | Zamon.uz