“Hyundai” Rossiya bozorini tark etmoqchi
Kompaniya buning sababini ma’lum qildi.

Janubiy Koreyaning “Hyundai Motor” avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyadagi zavodini sotishni ko‘rib chiqmoqda. Bu holda u mamlakatdagi faoliyatini butunlay to‘xtatadi.
Janubiy Koreyadagi kompaniya rahbariyatiga taqdim etilgan hisobotda Rossiyada ishlashning kelajakdagi istiqbollari, xususan, qiyin moliyaviy muhit tahlil qilingan.
Rossiyadagi zavodda yiliga 200 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi. Bu uning jahon ishlab chiqarish quvvatining taxminan 4 foizini tashkil qiladi. Rossiyadagi ko‘plab zavodlar yuqori texnologiyali uskunalar yetishmasligi tufayli ishlab chiqarishni to‘xtatishga va ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ldi. Shu sabab mart oyida Sankt-Peterburgdagi “Hyundai” zavodi ishni to‘xtatgan edi.








