Jahon

Qishda ayollar va bolalar elektr ta’minotisiz qoladigan bo’ldi- Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya Rossiyani terrorchilikda aybladi

Qishda ayollar va bolalar elektr ta’minotisiz qoladigan bo’ldi- Ursula fon der Lyayen

 

Yevrokomissiya Rossiyaning Ukraina elektr stansiyalari va infratuzilmalariga hujumini jinoyat deb atadi.

 

“Rossiyaning Ukrainadagi elektr stansiyalari va boshqa infratuzilmalariga raketa zarbalari va dron hujumlari harbiy jinoyatlarga teng terror aktidir. Kecha biz yana Rossiyaning fuqarolik infratuzilmasiga maqsadli hujumlariga guvoh bo'ldik. Bular urush jinoyatlaridir. Qish kelishi bilan erkaklar, ayollar, bolalarni suv, elektr va issiqlik ta'minotidan uzish - bu sof terror harakati. Va buni shunday atash kerak”, — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyаyen.

 

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari 10-oktabrdan beri Ukrainadagi elektr stansiyalarining 30 foizini vayron qilganini, bu esa butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotida katta uzilishlarga sabab bo‘lganini aytgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qishda ayollar va bolalar elektr ta’minotisiz qoladigan bo’ldi- Ursula fon der Lyayen | Zamon.uz