Qozog‘iston Rossiyani tark etgan Toyota‘ni “og‘dirib” olmoqchi
Respublika bosh vaziri bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qozog‘iston Rossiyani tark etgan 56 kompaniya bilan muzokara o‘tkazmoqda. Ostona ularni o‘z hududiga joylashtirmoqchi.
Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovning so‘zlariga ko‘ra, jami 300 kompaniyani mamlakat hududiga jalb qilish rejalashtirilgan. Ular orasida Honeywell, inDriver, Fortescue, Marubeni kabi firmalar bor.
Bundan tashqari, Toyota bilan ishlab chiqarishni Qozog‘istonga relokatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani ochiqlangan.
Ukrainadagi harbiy mojaro ortidan Rossiya bozorini ko‘plab mashhur G‘arb brendlari tark etdi.
Avvalroq Qozog‘iston G‘arb brendlarini o‘z bozoriga jalb qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







