Qozog'istonda ruslar oqimi kamaydi
Mamlakatga har kuni qancha ruslar kelishi va ketishi ochiqlandi.

"Qozog‘istonda Rossiyadan kirib kelayotganlar soni kamaydi",- dedi mamlakat ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov.
"Biz avvalgi darajaga yetdik: Rossiyadan kelayotganlar soni ketayotganlardan kamroq. Kuniga 8-9 ming rossiyalik keladi, 10-11 ming Rossiya Federatsiyasi fuqarolari ketadi. Vaziyat normal holatga qaytgan”, - deydi vazir.
Rossiya Federatsiyasida qisman safarbarlik boshlanganidan beri Qozog'istonga kelayotgan ruslar oqimi ko'paydi. 21-sentabrdan 4-oktabrgacha bo'lgan davrda respublikaga 200 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari kirdi, 147 ming nafari chiqib ketdi.







