O'zbekiston

Surxondaryoda YPX xodimi kaltaklandi

Holat yuzasidan YHXB ma’lumot berdi

Surxondaryoda YPX xodimi kaltaklandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Yo‘l harakati xavfsizligi inspektori fuqaro tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 15-oktyabr kuni soat 11:50 larda Boysun tumani “Tuzbozor” mahallasi hududida xizmat olib borayotgan inspektor I. Pardayev tomonidan Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi nazorat tariqasida to‘xtatilgan. Uning shaxsi planshet maxsus moslamasi orqali tekshirilganida, fuqaro M.A.ga nisbatan qidiruv e’lon qilinganligi aniqlanangan. 

 

YPX inspektori haydovchini qidiruvda ekanligini, o‘zi bilan tuman IIBga borishi kerakligini aytadi. Fuqaro qonuniy talabga bo‘ysunmay, inspektorga faol qarshilik ko‘rsatib, urib tan jarohati yetkazadi. 

 

Inspektorning qo‘lidan o‘ziga tegishli xujjatlarini olib, voqea joyidan ketishga uringan vaqtida shu yaqin atrofda xizmatga jalb etilgan IIO xodimlari yetib kelib, fuqaro Boysun tumani IIBga olib borilgan. 

 

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotlarida inspektorda yengil tan jarohati mavjudligi ko‘rsatilib, holat yuzasidan Boysun tumani  Prokuraturasi tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda YPX xodimi kaltaklandi | Zamon.uz