The New York Times: YEI rus olmoslaridan voz kechishni istamayapti
Oktabr boshida Moskvaga qarshi sanksiyalarning sakkizinchi paketi qabul qilingandi.

Yevroittifoqning ayrim davlatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalardagi baʼzi sanoat tarmoqlariga cheklov qo‘yishni istamayapti. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Masalan, Belgiya rus olmoslari embargosiga qarshi chiqqan. O‘z navbatida Gretsiya neft tashish huquqini saqlab qolmoqchi. Fransiya va boshqa davlatlar Rossiyadan yadro yoqilg‘isini import qilishni davom ettirmoqchi.
Qayd etilishicha, RF olmoslari bilan savdo 1.8 milliard dollarni, uran bilan esa 200 million dollarni tashkil etadi.
Oktyabr boshida YEI Moskvaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini qabul qildi. Ushbu choralar Rossiya nefti narxiga chegara qo‘yilishini hamda savdoning cheklanishini nazarda tutadi.
Avvalroq Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to‘xtatishga chaqirgandi.







