Andijonda zilzila sodir bo‘ldi
Episentr Buloqboshi tumani ekani aytilmoqda.

Kecha, 19 oktyabr kuni Andijonda zilizila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 19:46 da Andijonning uchta tumanida yer silkinishi hodisasi ro‘y bergan. Episentri Andijon viloyati, Buloqboshi tumani. Zilzila koordinatalari: 40,65 gradus shimoliy kenglik; 72,36 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=2,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 273 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Asaka tumanida 2 ball, 11 km;
- Buloqboshi tumanida 2 ball, 12 km;
- Andijon shahrida 2 ball, 14 km.







