O'zbekiston

Farg‘onada homilador ayolning o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Avvalroq uning shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilgandi.

Farg‘onada homilador ayolning o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

 

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi tibbiyot birlashmasida ayol vafot etdi va uning homilasi nobud bo‘ldi. Bu haqda “Renessans” telekanalining “Ovoza” informasion dasturida xabar qilindi.  

 

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 30-avgust kuni marhuma Y.R. ikkinchi tug‘ruqdan so‘ng homilani ona qornidagi o‘limi, homilani olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan kesarcha-kesish amaliyotidan so‘ng bachadon qon ketishi, bachadon va uni ortiqlari bilan olib tashlash gistoyektomiya-relaporatomiya amaliyotidan keyingi holat tashxisi bilan Beshariq tumani Tibbiyot birlashmasidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasining Markaziy shifoxonasiga o‘tkazilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 8 sentyabr kuni ayol shifoxonada vafot etgan.

 

Y.R.ning vafot etganligi holati yuzasidan o‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasi, RSTEIAM Farg‘ona filialining komission sud-tibbiy ekspertiza xulosalari va tergovga qadar tekshiruv davomida to‘plangan boshqa dalillarga asoslanib, uning o‘limi xolatida biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi sababli 08 oktyabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

 

“Viloyat prokuraturasi tomonidan qarorning qonuniyligi o‘rganilganda, uni bekor qilish uchun asoslar topilmadi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada homilador ayolning o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi | Zamon.uz