Qarshida XTB mansabdorlari byudjet pullarini “uxlatdi”
Holat bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qildi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan bo‘lib, hozirda yetqazilgan moddiy zarar qoplanganligi va qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa holatlarni hisobga olgan holda, garov ehtiyot chorasi qo‘llangan.
“Tergov harakatlari davomida taraflarning barcha vajlari to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Tergov harakatlarining borishi nazoratga olingan”, — deyiladi xabarda.








