Mashhur uchrashuv amalga oshadimi?
Indoneziya Putin va Baydenni uchrashtirishga tayyorligini aytmoqda.

Indoneziya Bayden va Putinning uchrashuvini tashkil etishga tayyor. Indoneziyaning Moskvadagi elchisi Xose Antonio Morato Tavaresning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Rossiya yetakchisi G20 sammitida ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
“Indoneziya buni amalga oshirishni sharaf deb biladi. Bu kabi tadbirlar bo‘yicha bizda tajriba bor. Masalan, Kambojada nizo kuchaygan paytda Jakartada Vyetnam va Kamboja yetakchilarining norasmiy uchrashuvi tashkil etilgandi. Ular muzokarani kokteyl bilan boshlagan, ammo aloqalar tiklanishiga turtki berilgandi. Bu kabi uchrashuvlar darhol nimanidir hal qilmasligi mumkin, ammo o‘zaro muloqot muhokamalarning davom etishiga sabab bo‘lishi mumkin”, – degan diplomat.
Bundan tashqari, elchi Indoneziya Prezidenti Vladimir Putinni sammitga taklif qilish uchun shaxsan Moskvaga kelganini taʼkidlagan.
Rossiya Prezidentining G20 davlat rahbarlari yig‘ilishiga borishi nomaʼlumligicha qolmoqda.
Avvalroq Indoneziya tomoni Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil qilishga tayyorligini bildirdi.







