Jahon

Mask yana Ukraina bo‘yicha taklif bildirdi

Bu safar u hamkasbi bilan fikr almashdi.

Mask yana Ukraina bo‘yicha taklif bildirdi

 

SpaceX asoschisi Ilon Mask Twitter‘da Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishning yana bir imkonini aytdi.

 

U buning uchun AQSH Kiyevni endi Qrimni qaytarib bo‘lmasligiga ko‘ndirishi kerakligi haqida yozgan odamga javob qaytarib, "eng ko‘p hollarda murosa eng to‘g‘ri yechim" ekanini aytdi.

 

Yuqoridagi taklif muallifi esa tadbirkor va investor Devid Oliver Saks. U Qrim bo‘yicha murosadan tashqari yana 2 yechim borligini yozdi. Bular: "doimiy urush" va "yadro urushi".

 

Bunga javoban Mask: "Juda ko‘p hollarda murosa eng to‘g‘ri yechim bo‘ladi, faqat masala bungacha qancha odam halok bo‘lishi va qancha yo‘qotishlar bo‘lishida", - deb yozdi.

 

Mask Ukrainadagi holat bo‘yicha faol fikr bildirib kelayotganlardan. Oktyabr oyi boshida tadbirkor Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi “tinchlik” bo‘yicha o‘zining formulasini taklif qilgan. U bahsli hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazish, Qrimdan voz kechish va neytral maqomni taklif qilgan.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Mask yana Ukraina bo‘yicha taklif bildirdi | Zamon.uz