Andijonda Umra safari uchun berilgan pullar “yeb yuborildi”
Holat bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida hoji ota-onalarni 1 milliarddan oshiq pullari “tuya qilingani” haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidar viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro F.A. Xo‘jaobod tumanidan “Umra-2022” mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarolardan jami 1,4 mlrd so‘m naqd pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan F.A. ga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari Xo‘jaobod tuman huzuridagi TB tomonidan olib borilmoqda.








