BAA Ukrainаga gumanitar yordam ajratdi
Avvalroq ikki davlat rahbarlari suhbatlashgandi.

Birlashgan Arab Amirliklari Ukrainaga 100 million dollar miqdorida gumanitar yordam ajratadi. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.
“Xalqaro hamjamiyat tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirishi va ularning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z yordamini kuchaytirishi kerak. Shu maqsadda BAA ham Ukrainaga 100 million dollarlik gumanitar yordam paketini e’lon qildi”, — deyiladi hukumat bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 17-oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari rahbari Muhammad bin Zoid an-Nahyon bilan suhbatlashgan edi.








