Qarshi shahar sobiq hokimi yana qamoqqa olindi
Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi izoh berdi.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining sobiq hokimi J.Fozilovga nisbatan kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangandi.
Shundan so‘ng mazkur ajrimga Qarshi shahar prokurori tomonidan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirilgan.
Apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 22-oktyabr kungi ajrimiga ko‘ra, Qarshi shahar sudining Qarshi shahar sobiq hokimi J.Fozilovga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llash haqidagi ajrimi bekor qilinib, qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirildi.
“J.Fozilov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi alohida nazoratga olingan bo‘lib, tergov natijalari yuzasidan ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.








