Qarshidagi xonadonda yirik yong‘in yuz berdi
Viloyat FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

Bugun, 22-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:50 larda Qarshi shahrining “Aralovul” MFY “Oq oltin” ko‘chasida yashovchi fuqaro A.SH. xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 12:30 larda olov to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Uyning 60 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yongan. Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.








