Sirdaryodagi aholi punktida kuchli portlash yuz berdi
Holat yuzasidan vazirlik ma’lumot berdi.

Bugun, 22-oktyabr kuni soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘ldi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, hodisa oqibaida talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








