Putin menga qarshi bormagan bo‘lardi—Tramp
Sobiq Prezident Ukraina–Rossiya mojarosi haqida fikr bildirdi.

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp agar Oq uy rahbari sifatida qolganida Ukraina mojarosiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishini aytdi. U shunday bayonot bilan AQSHning Texas shtatida o‘tkazilgan mitingda nutq so‘zladi.
“Endi esa mojaro natijasida nazariy jihatdan yuz minglab odamlar halok bo‘lishi mumkin. Agar men Prezident bo‘lganimda, hatto million yildan keyin ham bunday bo‘lmagan bo‘lardi”, — dedi u.
Trampning taʼkidlashicha, agar u prezident bo‘lganida, neft narxi ham past bo‘lardi.








