Amerikaliklar kimga ko‘proq ishonadi?
Respublikachilargami yoki demokratlar?

AQSH tomonidan o‘tkazilgan so‘rov amerikaliklar iqtisodiy masalalarda respublikachilarga ko‘proq ishonishini ko‘rsatdi.
Natijalarga ko‘ra, Respublikachilar partiyasiga iqtisodiy muammolarni hal qilishda (36 foizga qarshi 24 foizga), gaz narxini barqarorlashtirishda (36 foizga qarshi 22 foizga) va jinoyatchilikka qarshi kurashda (35 foizga qarshi 22 foiz) ko‘proq ishonadi.
Respondentlarning taxminan 38 foizi demokratlar koronavirusga qarshi yaxshiroq kurashadi deb hisoblaydi, 29 foizi esa demokratlar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotiga javob berishda samaraliroq deb hisoblaydi. Tadqiqotga ko‘ra, saylovchilarni hozirda ko‘proq iqtisodiy masalalar tashvishga solmoqda.
9-noyabr kuni AQSHda Vakillar palatasi va Senatdan iborat Kongressga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Endi Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rin demokratlarga tegishli bo‘lib, ular ixtiyorida 218 mandat mavjud. Respublikachilar hozirda 212 o‘ringa ega.








