Besh nafar rossiyalik Shveysariyadan sanksiyalarni olib tashlashni so‘ramoqda
Ular Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarshi ekanini aytgan.

Besh nafar Rossiya fuqarosi Shveysariya sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarib tashlanishi uchun ariza bergan. Rasmiylar murojaat qilganlarning shaxsini oshkor qilmadi.
Rossiyalik advokatlar sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlarni bir necha oy kutayotganidan shikoyat qilmoqda. Mart oyi oxirida Quvur metallurgiya kompaniyasi asoschisi, milliarder Dmitriy Pumpyanskiyning o‘g‘li Aleksandr Pumpyanskiy hukumatga shunday iltimos bilan murojaat qilgani maʼlum.
U RFning Ukrainadagi harbiy amaliyotiga qarshi ekanini taʼkidlagan.
Shveysariya 24 fevraldan so‘ng mingdan ortiq rossiyaliklarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. Ularning aktivlari muzlatilgan.
Avvalroq Rossiyalik milliarder Mixail Fridmanning o‘g‘li Aleksandr Ojelskiy Kiyevdan o‘ziga qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashlashni so‘ragandi.







