Jahon

NATO: Rossiya to‘xtasa, tinchilik bo‘ladi, Ukraina to‘xtasa...

Yens Stoltenberg Rossiya NATOni qo‘rqita olmasligini aytdi.

NATO: Rossiya to‘xtasa, tinchilik bo‘ladi, Ukraina to‘xtasa...



 
Agar Vladimir Zelenskiy harbiy harakatlarni to‘xtatsa, Ukraina mustaqil davlatmaqomini yo‘qotadi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg aytib o‘tdi. 


 
“Biz Rossiyaning harakatlariga, u yerda kim bo‘lishidan qat’i nazar, munosabat bildiramiz. Va ularni bu harakatlarni to‘xtatishga undashda davom etamiz. Bu mojaroni boshlagan Prezident Putin edi va u ertaga o‘z qo‘shinlarini olib chiqib, uni tugatishi mumkin. Shuni yodda tutishimiz kerakki, agar Putin va Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtatsa, tinchlikka erishiladi. Agar Prezident Zelenskiy va Kiyev to‘xtasa, Ukraina mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lishni to‘xtatadi. Biz bunday bo‘lishini xohlamaymiz. Shuning uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Stoltenberg. 
 


Uning ta’kidlashicha, NATOning eng ustuvor vazifasi Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdir. Stoltenbergning aytishicha, jang maydonidagi g‘alaba Ukraina Qurolli Kuchlarining xizmati, ammo NATO ko‘magisiz ular bu muvaffaqiyatlarga erisha olmagan bo‘lardi va ruslarni so‘nggi haftalarda bo‘lgan yo‘lidan ortga qaytara olmas edi. 


 
Bundan tashqari, Stoltenberg NATOni qo‘rqitish yoki Rossiyaning yadroviy shantajiga chidashga majburlashning imkoni yo‘qligini qayd etgan.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"