Jahon

NYT: Isroil Ukraina bilan muhim razvedka maʼlumotlarini bo‘lishgan

Tel-Aviv Кiyevga gumanitar  yordam  yetkazib turishga vaʼda bergan.

NYT: Isroil Ukraina bilan muhim razvedka maʼlumotlarini bo‘lishgan

 

Isroil Ukrainaga Eron tomonidan Rossiyaga yetkazib berilgan dronlarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan razvedka maʼlumotlarini taqdim etdi. Bu haqda "The New York Times" xabar berdi

 

O‘tgan seshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba  Isroil hukumatiga Kiyevni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan zudlik bilan taʼminlashni so‘rab rasmiy nota yuborishini maʼlum qilgan edi. Ertasi kuni Isroil mudofaa vaziri Beni Gants  Isroil  NATO davlatlari bilan birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, ammo “operativ sabablarga ko‘ra” hali ham Kiyevni qurol-yarog‘ bilan taʼminlash niyatida emasligini aytdi.

 

 Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar elchilari bilan uchrashuvda nutq so‘zlagan vazir Isroil Kiyevga insonparvarlik yordami va noharbiy texnika yetkazib berishda davom etishini taʼkidladi.

 

Avvalroq Rossiya va Eron rasmiylari bir qator G‘arb OAVlarining Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga Eron dronlari yetkazib berilishi haqidagi daʼvolarini rad etgan edi. RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov armiya mahalliy ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlardan foydalanishini taʼkidladi.

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"