Rishi Sunak —Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri
U kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan Birlashgan Qirollikning ilk bosh vaziri sifatida tarixga kirdi.

Buyuk Britaniya sobiq moliya vaziri Rishi Sunak mamlakat hukumatiga rahbarlik qiladi. Uning yagona raqibi Penni Mordont o‘z nomzodini qaytarib oldi.
Sunak konservator-deputatlar orasida yuzdan ortiq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo Mordont 90 nafar deputatning qo‘llab-quvvatlashiga erisha oldi, xolos.
Saylovda ishtirok etish uchun yuzta ovoz to‘plash kerak bo‘ladi. Mordont yetarli darajada qo‘llab-quvvatlashga erishmagandan so‘ng, Sunak yagona nomzod sifatida Bosh vazir lavozimini egalladi.
Boris Jonsonning saylovda qatnashmasligi ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U o‘z nomzodini qaytarib olgan.
Sunak kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan Britaniyaning ilk Bosh vaziri hisoblanadi.
Eʼtiborlisi, u bundan yetti hafta oldin boshqa bir nomzod — Liz Trassga mag‘lub bo‘lgandi.







