O'zbekiston

Sumkasida bomba borligini aytib, IIB xodimlarini aldagan qiz qamaldi

Unga nisbatan ikkita modda bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Sumkasida bomba borligini aytib, IIB xodimlarini aldagan qiz qamaldi

 

Toshkent metropolitenida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qizga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar qilmoqda. 

 

Qayd etilishicha, 24-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida videokonferensaloqa vositasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan S.X. (2003-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan)ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.  

 

S.X. 22-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida metropolitenda xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari xodimlariga sumkasida “bomba” bor, deb yolg‘on xabar bergan. Shu asnoda metro bekatida jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir qilib, ichki ishlar organi xodimlari va maxsus xizmat xodimlarini qasddan aldab chaqirgan.

 

Sudning qaroriga ko‘ra, S.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- va 199-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sumkasida bomba borligini aytib, IIB xodimlarini aldagan qiz qamaldi | Zamon.uz