O'zbekiston

Xorazmda “zamhokim” pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xorazmda “zamhokim” pora bilan qo‘lga tushdi

 

Urganch tumanida hokim o‘rinbosari va uning sherigi bo‘lgan mutaxassis ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan x tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda viloyat “Chorvanasl” markazining Urganch tumani yetakchi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xo‘jaligiga tegishli 50 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo‘jaligi tashkil etib, ushbu yer maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 60 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   

 

T.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Urganch tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.A. fuqaro N.nomiga fermer xo‘jaligi tashkil qilish va yer maydoni ajratib berish masalasini hal qilib berish evaziga o‘z xonadonida mutaxassis T.M.dan 43 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.

 

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

custom img

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

custom img

O‘zbekistonda 27 milliard dollarlik 105 ta yirik loyiha boshlanadi

Jizzaxdagi AES, Olmaliqdagi to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, Yangi Toshkent aeroporti va yangi avtomobil yo‘llari — mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar qatorida.

custom img

Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanmoqda — Prezident

Xorazmga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

custom img

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"