O'zbekiston

“Aholini dori bilan emas, profilaktika bilan sog‘lomlashtirish zarur”

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikani borib ko‘rdi.

“Aholini dori bilan emas, profilaktika bilan sog‘lomlashtirish zarur”

 

Bugun, 26-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 22-oilaviy poliklinikani borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Uch qavatli ushbu zamonaviy muassasa 19 ta mahalladagi 56 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Buning uchun bolalar bo‘limi, fizioterapiya bo‘limi, kunduzgi statsionar, mutaxassislik xonalari va laboratoriyalarda zarur sharoit yaratilgan. Shu yil 18-martdagi “ochiq muloqot”da berilgan topshiriqqa ko‘ra, bu poliklinikaga ham zamonaviy fizioterapiya uskunalari keltirib o‘rnatilgan.

 

Shuningdek, bepul tarqatiladigan dorilar xonasi, shifokor qabulidan oldingi ko‘rik xonasi tashkil etilgan. 65 nafar shifokor va ko‘plab hamshiralar bemorlar dardiga darmon bo‘layotir.

 

Davlat rahbari poliklinikadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

 

“Tibbiyot – yosh-u qari hammaga daxldor eng katta davlat xizmati. Shuning uchun bu sohaga doimiy eʼtibor qaratib kelyapmiz. Birlamchi bo‘g‘inni “pastga tushirish”ga harakat qilyapmiz. Albatta, o‘zgarish bor: yangi shifoxonalar ochilyapti, poliklinikalar jihozlanyapti. Lekin hali yetib borilmagan xonadonlar ham bor. Malakali tibbiy xizmatlarning har bir oilaga kirib borishini taʼminlash, bunda ehtiyojmand insonlarga alohida yondashish kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Muloqotda aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish masalalari haqida so‘z bordi.

 

“Ko‘p hollarda kasallikni insonning o‘zi keltirib chiqaradi: kam harakat bo‘ladi, to‘g‘ri ovqatlanmaydi, sog‘lig‘iga qaramaydi. Buni birlamchi bo‘g‘in keng tushuntirishi kerak. Aholini dori bilan emas, profilaktika bilan sog‘lomlashtirish zarur. Odamlarning o‘z sog‘lig‘iga eʼtiborini kuchaytirish, skrining tekshiruvlarini muntazam o‘tkazib borish kerak”, - dedi davlat rahbari.

 

Shu yerda sayyor tekshiruvlarda foydalaniladigan maxsus transportlar ham ko‘zdan kechirildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Aholini dori bilan emas, profilaktika bilan sog‘lomlashtirish zarur” | Zamon.uz