Jahon

Avtomobil gigantlari Rossiyani birin-ketin tark etmoqda

Endi navbat «Mersedes-Benz» ga.

Avtomobil gigantlari Rossiyani birin-ketin tark etmoqda

 

Germaniyaning «Mersedes-Benz» konserni Moskva viloyatidagi zavodni sotish bo‘yicha kelishuvni yakunladi. Zavodda nemis avtomobillari o‘rniga Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

 

Shu tariqa «Mersedes» Rossiyani tark etgan uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Ilgari «Renault» va «Nissan» o‘z aktivlarini sotib yuborgan edi.

 

«Mersedes-Benz»ning  RFdagi aktivlarini 2 milliard yevroga baholagan. G‘arb  OAVning yozishicha, hozirgi vaziyatda kompaniya Rossiyadan mablag‘larni olib chiqish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"