Bayden Rishi Sunak bilan telefonlashdi
Ular G20 sammitida uchrashishga kelishib oldi.

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak va AQSH prezidenti Jo Bayden telefon orqali suhbat chog‘ida Xitoyga qarshilik va Ukrainaga yordam berish masalalarini muhokama qildi.
“Yetakchilar Buyuk Britaniya va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini mustahkamlash va Xitoyning o‘sib borayotgan taʼsiriga qarshi turish kabi masalalarni muhokama qildilar”, — deyiladi Britaniya Bosh vaziri idorasi bayonotida.
Qayd etilishicha, Sunak va Bayden “Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda o‘z mamlakatlarining yetakchi roli haqida ham gaplashgan”.
Ular Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida shaxsan uchrashishga kelishib olgan.
G20 sammiti noyabr oyi o‘rtalarida Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.







