Samarqandda Damas yonib ketdi
Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Bugun, 26-oktyabr kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida Damas rusumli avtomashina yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 08:00 larda Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1085-kilometrida yuz bergan. Mazkur yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Damas rusumli avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








