Sharl Mishel Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Shuningdek, Yevropa kengashi prezidenti O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

27 oktyabr kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"2022-yil 27 oktyabr kuni Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif dasturida tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan", - deyiladi xabarda.
27 oktyabr kuni kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasiga kelishi kutilmoqda.
28 oktyabr kuni O‘zbekiston va YEI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi.
Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifi chog‘ida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.







