O'zbekiston

Atmosferani, asosan, avtomobillar bulg‘amoqda

Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi maʼlum qildi.

Atmosferani, asosan, avtomobillar bulg‘amoqda

 

Maʼlum qilinishicha, so‘nggi 100 yil davomida global miqyosda havo haroratining ko‘tarilishi 1,2 gradusni tashkil qilgan bo‘lib, bizning mintaqamizda ushbu ko‘rsatkich 2 gradusga oshgan.

 

Respublika bo‘yicha atmosfera havosiga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln. tonna) avtotransport vositalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 93 foizni (397 ming tonna) tashkil etadi.

 

Davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida yangi ishga tushirilayotgan har bir obyekt bo‘yicha samaradorlik darajasi 99,5 foizdan hamda faoliyat yuritayotgan obyektlar bo‘yicha samaradorlik darajasi 95,0 foizdan kam bo‘lmagan chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish majburiyati belgilanmoqda.

 

Shuningdek, hozirda yangi avtotransport vositalarining faqatgina “Yevro-4” va undan yuqori ekologik toifalarga javob beradigan modellarini import qilish tartibi joriy etildi.

 

Ayni paytda avval foydalanishda bo‘lgan transport vositalarini import qilishda ham ularning ekologik taʼsir meʼyorlarini belgilash bo‘yicha milliy standart loyihasi ishlab chiqilmoqda.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

custom img

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 farzandi vatanga qaytarildi

Fuqaroning hujjatlari yo'qligi sababli u va farzandlari vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"