CNN: AQSH razvedkasi rahbari Kiyevga borgan
U Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazgani aytilmoqda.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns oktyabr boshida Kiyevga tashrif buyurgan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Razvedka rahbari Vladimir Zelenskiy va boshqa rasmiylar bilan uchrashgan.
“U AQSHning Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlashini, xususan, to‘xtovsiz razvedka maʼlumotlarini almashilishini tasdiqladi”, – degan telekanal manbalaridan biri.
Berns Rossiya tomonidan yadro zarbalari berilishi mumkinligi to‘g‘risidagi xavotirlar kuchaygan paytda Ukrainaga kelgani alohida qayd etilgan.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu G‘arb davlatlaridagi qator hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qilgandi.






