O'zbekiston

“Erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan cheklanmaymiz”

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etdi.

“Erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan cheklanmaymiz”

 

Bugun, 27 oktyab kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegasiyalar rahbarlarining majlisida ishtirok etdi.

 

Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Xojamirat Geldimiratov ham qatnashdi.

 

Kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Prezident Shavkat Mirziyov o‘z nutqida Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas tus olgan islohotlarning asosiy ustuvor vazifasi samarali faoliyat ko‘rsatadigan bozor mexanizmlariga, yuqori hayot darajasi va qulay turmush sharoitlariga ega kuchli huquqiy davlatni barpo etishdan iborat ekanini ta’kidladi.

 

“Biz erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan cheklanmaymiz va yangi o‘zgarishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu o‘rinda gap, avvalo, qonunning so‘zsiz ustuvorligi, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va gender tenglikni, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’minlash haqida bormoqda”, - dedi davlat rahbari.

 

Iqtisodiy sohada bundan buyon ham tadbirkorlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, raqobat va innovasion biznes muhitining rivojlanishini rag‘batlantirish davom ettirilishi qayd etildi.


Yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy sheriklikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit vujudga keldi. Bir necha o‘n yillar mobaynida yig‘ilib qolgan, hal etilishiga hech kim ishonmay qo‘ygan ko‘plab muammolar bir necha yil davomida bartaraf etildi”.

 

Bugun vaziyat tubdan o‘zgardi. Vizasiz rejim joriy qilindi, barcha o‘tkazish punktlari ochildi. Aviaqatnovlar va yer transportida tashishlar ko‘paydi.

 

Kooperasiya aloqalari kuchayib bormoqda, yirik loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya kompaniyalari va boshqa moliyaviy vositalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

“Albatta, mintaqada hali ham o‘z yechimini topmagan masalalar bor. Biroq ishonchimiz komilki, bizning kuchli siyosiy irodamiz va umumiy bunyodkorlik ruhi mintaqadagi qardosh mamlakatlar va xalqlarni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.

 

Mintaqaning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligini izchil chuqurlashtirishga chaqirar ekan, Prezident bu borada qator ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.

 

Eng avvalo, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga doir kompleks masalalarni hal etish zarur. Bular:

 

—sanoat mahsulotlarimizning Yevropaning yuqori standartlari va texnik reglamentlariga muvofiqligini ta’minlash;

 

—hozirgi mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda YeI bozorlariga chiqish uchun eng maqbul samarali transport-logistika koridorlarini yaratish, eng avvalo, Transkaspiy multimodal marshrutini rivojlantirish;

 

—yevropalik iste’molchilar o‘rtasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mahsulotlarining tanilishi va xaridorgir bo‘lishi uchun qo‘shma marketing tadqiqotlari hamda maqsadli tadbir va aksiyalar o‘tkazish;

 

—Yevropaning investisiyalari va texnologiyalariga bo‘lgan katta ehtiyojni qondirish.

 

Ushbu masalalarni tizimli ravishda hal qilish uchun Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini ta’sis etish hamda “Global Gateway” tashabbusining maqsad va vazifalarini qamrab olgan holda Savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro transport-kommunikasiya bog‘liqlikni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategik dastur ishlab chiqishni taklif qildi.

 

Bundan tashqari, davlat rahbari Yevropa tomonini mintaqada qabul qilingan “Yashil kun tartibi” dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etishga, jumladan, eko-innovasiyalar, energiya samarador va resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, “Smart-AKIS” Yevropa tarmog‘i yordamida  “aqlli” qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlarini ishga solishga chaqirdi.

 

Gumanitar sohada hamkorlikni ta’lim va innovasiya almashinuvlari, madaniy va sayyohlik aloqalari kabi yo‘nalishlarda faollashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

 «Erazmus plyus» va «Gorizont Yevropa» dasturlari doirasida ta’lim bo‘yicha Yevropaning ilg‘or metodikalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish, qo‘shma fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etish taklif qilindi.

 

Yevropalik hamkorlarni mintaqa xalqlarining noyob tarixiy merosi, boy madaniyati va an’analari bilan keng tanishtirish maqsadida noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida yirik ko‘rgazma tashkil etish rejalashtirilgan.

 

“Bunday tadbirlarni har yili – Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda o‘tkazib borish tarafdorimiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlat rahbari turizm sohasida ulkan salohiyat borligini ta’kidlab, kelgusi yilda Xiva shahrida o‘tkaziladigan  “YeI – Markaziy Osiyo” birinchi turizm forumi doirasida Yevropaning yetakchi operatorlari e’tiboriga Umumiy mintaqaviy turizm mahsulotlari konsepsiyasini taqdim etishni taklif etdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamkorlikning muhim yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. U Yevropa Ittifoqining terrorizm, radikalizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va boshqa umumiy xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma dasturlar doirasidagi amaliy ko‘magini yuqori baholadi.

 

Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, axborot almashish va zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish uchun maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.


Tomonlarning Afg‘oniston masalasidagi xavotir va tashvishlari o‘xshashligi ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston muntazam ravishda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatib kelmoqda, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va oziq-ovqat yetkazib berishni davom ettirmoqda, mamlakatimiz orqali Afg‘onistonga yuklar tranziti to‘xtamayapti.

 

Chegarada joylashgan Termiz shahrimizdagi logistika va ta’lim xablarining salohiyatidan foydalanishda yevropalik sheriklar bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

 

Prezident global va mintaqaviy vaziyat tubdan o‘zgarganini qayd etib, bu holat bugungi kunda Markaziy Osiyodagi integrasiyalashuv jarayonining yevropalik hamkorlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishini talab qilayotganini alohida ta’kidladi.

 

Prezident global va mintaqaviy vaziyat tubdan o‘zgarib, bugungi kunda Markaziy Osiyodagi integrasiyalashuv jarayonining yevropalik hamkorlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishini talab qilayotganini qayd etdi.

 

Shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasi bajarilishini jadallashtirish va sheriklikni mustahkamlash maqsadida ko‘p tomonlama dasturiy hujjat – “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

 

Ushbu barcha masalalar kelgusi oyda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan vazirlarning O‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha qo‘shma anjumani davomida batafsil ko‘rib chiqilishiga ishonch bildirildi.

 

Prezident so‘zining yakunida O‘zbekiston mamlakatlar barqaror taraqqiyoti, ravnaqi va farovonligi yo‘lida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” formatidagi ochiq, tizimli va sermahsul muloqotning tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan cheklanmaymiz” | Zamon.uz