Jahon

Iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga tobora ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

Bu bo‘yicha yirik hisobot e’lon qilindi.

Iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga tobora ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

 

Iqlim o‘zgarishi tobora butun sayyora aholisi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Lancet tibbiyot jurnalida e’lon qilingan “Teskari hisob” nomli yillik hisobotda so‘z boradi. 

 

Uning mualliflari o‘nta xalqaro tashkilot, jumladan, JSST tadqiqotlarini birlashtirgan. 

 

Tadqiqotlar natijalariga shuni ko‘rsatadiki, issiqlik oqibatida odamlar avvalgiga qaraganda bir yarim barobar ko‘p vafot etmoqda; chivin va turli hasharotlar oldingidan ko‘proq infeksion kasalliklarni tarqatmoqda. 

 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham BBC’ga bergan intervyusida so‘nggi vaqtlarda iqlim muammolarini ortga surish tendensiyasi kuchayganini tan olgan va dunyo davlatlarini bu masalaga jidddiy e’tibor qaratishga chaqirgandi.  U qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlik butunlay nazoratdan chiqib ketganini ta’kidlagandi. 

 

“Haqiqatni aytishimiz kerak. Iqlim o‘zgarishlari ayrim davlatlarga halokatli ta’sirini o‘tkazmoqda”, – degan Bosh kotib. 

 

Noyabr oyida Misrda BMTning iqlim bo‘yicha yillik konferensiyasi o‘tkaziladi. Lancet hisoboti darhol harakat qilishga undovchi o‘ziga xos chaqiriq hisoblanadi. 

 

“Hukumatlar va kompaniyalar inson salomatligi va farovonligini hisobga olmay,  hamon qazib olinadigan yog‘ilg‘iga ustuvorlikni berib kelmoqda. Biz bunga qarshi darhol chora ko‘rishimiz kerak”, – degan hisobot mualliflaridan biri Ketrin Bouen. 

 

Yel universiteti tibbiyot fakulteti va iqlim o‘zgarishi va salomatlik markazi eksperti doktor Jodi Sherman o‘z navbatida bu choralar ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan davlatlar tomonidan ko‘rilishi kerakligi ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan rivojlanayotgan davlatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi strategiyalarni istamay amalga oshirmoqda. 

 

“Hech qaysi davlat yetarli ish qilmayapti. Iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p aziyat chekadigan davlatlar uning oqibatlariga qarshi kurash uchun eng kam tayyorgarlikka ega. Boy davlatlar atmosferaga katta miqdorda gaz chiqaradi, ammo kambag‘al davlatlarda bu holatga moslashish uchun mablag‘ yo‘q”, – deb qayd etgan Sherman. 

 


Hisobotda nimalar o‘rin olgan?

 

“Dunyo aholisining salomatligi yonuvchan energiya tarafdorlari tomonidan garovga olingan”, – deyiladi hisobotda. 


2020 yilda 4.7 million odam ifloslangan havo oqibatida vafot etgan. Ularning 1.3 millioni bevosita an’anaviy energiya manbalari bilan bog‘liqligini qayd etilgan. 

 

Eng asosiy muammolardan biri — oziq-ovqat xavfsizligi. Lancet tahliliga ko‘ra, oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan 1981-2010 yillarda nisbatan 100 milliondan ko‘proq odam to‘qnash kelmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi 50 yilda qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan maydonlar hajmi 1/3 ga ko‘paygan. Bu yuz millionlab odamlarning qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishini imkonsiz qilib qo‘ydi. 

 

“Iqlim o‘zgarishi hozirning o‘zida oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, bu xavfli oqibatlarni — to‘yib ovqatlanmaslikka olib keladi”, – deb sharh bergan hisobot mualliflaridan biri Elizabet Robinson. 


Uning qo‘shimcha qilishicha, haroratning bundan buyon ko‘tarilib borishi, tabiiy ofatlarning ko‘payishi ovqatning yanada tanqislashuviga olib keladi. 

 

Yana bir muammo issiqlik natijasida o‘limlar sonining oshishi. So‘nggi 20 yilda bu ko‘rsatgich 68 foizga oshdi. 
Shuningdek, o‘rmon yong‘inlarining yuqori xavfi bo‘lgan kunlar ham 61 foizga ko‘paygan. 

 

Atmosferada harorat ko‘tarilishi yuqumli kasalliklarning asosiy tashuvchisi bo‘lgan chivinlarga o‘ta qulay muhit yaratdi. Masalan, yil davomida bezgak tarqalishi uchun qulay kunlar 1951-1960 yillarga nisbatan Amerikaning ayrim hududlarida 1/3 ga, Afrikada 14 yoizga oshgan. 

 

Atmosferaga uglerodlarning chiqarilishining ko‘payishi sog‘liqni saqlash tizimidagi global inqirozlar, jumladan, pandemiyalar oqibatlarini chuqurlashtiradi. Bu nuqtada paradoks holat yuzaga kelgan: bir tomondan Covid-19 oqibatlariga qarshi kurash vositalari qidirilmoqda, boshqa tarafdan qao‘ib olinadigan yoqilg‘i uchun yuzlab milliard dollar ajratilmoqda. 

 

Yashash uchun yaroqsiz issiq kelajak

 

Hisobot mualliflari 86 hukumatning harakatlarini tahlil qildi. Uning natijalariga ko‘ra, 2019 yilda ularning 69 tasi qazib olinadigan yoqilg‘i ishlab chiqarilishi va iste’moli uchun 400 milliard dollar ajratgan. Aholi elektr energiyasining baland narxlari bilan kurashayotgan bir paytda ugolevodorod qazib oladigan kompaniyalar rekord miqdorda daromad olmoqda. 

 

Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadigan 15 yirik kompaniya strategiyalari esa Parij iqlim kelishuvida ko‘zda tutilgan maqsadlarga mutlaqo mos emas. Agar bu tendensiyalar davom etsa, uglevodorodlardan to‘liq qutulishga 150 yil vaqt kerak bo‘ladi. Bu esa Parij kelishuvida belgilangan 2050 yilga kelib atmosferaga is gazini chiqarishni butunlay to‘xtatish maqsadiga erishish imkonini bermaydi. 

 

“Hukumatlar va kompaniyalarning qazib olinadigan yoqilg‘iga bog‘langan joriy strategiyalari bizni xavfli kelajakka olib ketmoqda: yanada issiq, ammo yashash uchun yaroqsiz dunyo”, – deb ogohlantirgan London kollej universiteti professori Pol Ekins. 

 

Hisobot mualliflari dunyo davlatlarini sog‘lom harakatlarga chaqirgan. Masalan, havo sifatini yaxshilash, o‘simlikdan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarga o‘tishni tezlashtirish taklif qilingan. olimlarning fikricha, bu qishloq xo‘jaligida atmosferaga zararli gazlar chiqarilishini ikki barobar kamaytiradi va to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq 11.5 million o‘limning oldi olinadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga tobora ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda | Zamon.uz