Jahon

Isroil Ukrainaga qurol bermasligi sababini ochiqladi

Mamlakat Prezidenti bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Isroil Ukrainaga qurol bermasligi sababini ochiqladi

 

 

Ukrainaga Isroil qurollarini yetkazib berish bo‘yicha ko‘plab cheklovlar bor. Bu haqda Isroil prezidenti Isxak Gersog maʼlum qildi.

 

“Ayrim qurollarimizning eksport variantlari yo‘q. Ayrim tizimlarimiz dushman qo‘liga tushmasligi kerak. Baʼzi sirlarni hech kimga bera olmaymiz. Ammo qayerda imkoni bo‘lsa, biz yordam beryapmiz”, – degan u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

 

Bundan tashqari, Prezident qurol yetkazib bermayotgani uchun Isroilga yog‘ilayotgan tanqidlarni inkor qildi. Gersog AQSH va Yevropaning Kiyevga ayrim qurollarni berishdan bosh tortganini eslatgan.

 

Shu bilan birga Isroil rahbari Ukrainada Eron dronlari qo‘llanilishi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan tahlil qilinayotganini taʼkidlagan. Vladimir Zelenskiyning maʼlumotlariga ko‘ra, harbiy mojaro boshlangandan buyon Moskva Eronda ishlab chiqarilgan 400 drondan foydalangan.

 

Avvalroq Isroil Ukrainaga muhim razvedka maʼlumotlarini bergani to‘g‘risida xabar qilingandi.

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"