AQSHda qurilish vaqtida ko‘prik qulab tushdi
Hodisa oqibatida to‘rt kishi vayronalar ostida qolib ketgan.


Kley okrugi maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, ishchilar beton quyayotgan vaqtda ko‘prik quruvchilarning ustiga qulagan. Hodisa oqibatida vayronalar ostida qolgan bir fuqaro vafot etgan, uch nafari esa o‘zlari chiqib ketgan. Ular turli tan jarohatlari bilan viloyat shifoxonasiga yetkazilgan.

Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga ko‘ra, ko‘prik qulagan paytda voqea joyida bir necha pudratchi kompaniyalar bo‘lgan. Ikki qatorli ko‘prik 2016 yildan beri yopilgan. Qurilish 2021 yilning may oyida boshlanib, 2023 yil boshida qayta ochilishi rejalashtirilgan.

Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, qurilish vaqtida xavfsizlik choralariga rioya qilingan. Injener pudratchi beton quyishdan oldin ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Baxtsiz hodisa bo‘yicha tergov AQSH Mehnat departamentining Mehnatni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash boshqarmasiga topshirildi.







