Jahon

Seul Kiyevga hujumkor qurollar berganmi?

Kecha Rossiya Prezidenti Janubiy Koreyani Ukrainaga qurol yetkazib berishda ayblagandi.

Seul Kiyevga hujumkor qurollar berganmi?

 

Seul Kiyevga hujumkor qurollarni bermagan. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yоl maʼlum qildi

 

Payshanba kuni Vladimir Putin "Valday" klubidagi nutqida Koreya Respublikasini Ukrainaga qurol yetkazib berishga qaror qilganini aytgandi. Shuningdek, Rossiya yetakchisi agar Moskva KXDRga qurol jo‘natsa, bu Seulga yoqmasligini ham taʼkidladi.

 

"Biz Ukrainaga gumanitar yordam berish masalasida xalqaro hamjamiyat bilan birgamiz va hech qanday hujumkor qurollar bermaganmiz. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham bu suverenitet masalasi", — degan Yun Sok Yоl jurnalistlar bilan suhbatda.

 

Seul AQSHning eng muhim ittifoqchilaridan biri bo‘lsa-da, Ukrainaga hujumkor qurollar berishdan qochib keladi. Bu Rossiya bilan iqtisodiy masalalarda kelishmovchiliklardan qochish hamda Moskvaning Shimoliy Koreyaga taʼsiri bilan izohlanadi.

 

"Biz barcha davlatlar, xususan, Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilyapmiz", — degan Janubiy Koreya Prezidenti.

 

Avvalroq Isroil Prezidenti uning mamlakati nima uchun Ukrainaga qurol yetkazib bera olmasligini ochiqlagandi

custom img

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga oid ishni to‘xtatdi

Sud ishi bo'yicha Lombard Odier banki jarimaga tortildi, sobiq xodimga esa ikki yillik shartli qamoq jazosi tayinlandi.

custom img

Sobiq isroillik harbiylar Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Netanyaxuning AQSHga tashrifi arafasida Isroilning sobiq harbiy va razvedka rahbarlari Trampni G‘arbiy sohildagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish, qonun ustuvorligini tiklash va aybdorlarni javobgarlikka tortishga undashni so‘ragan.

custom img

AQSh harbiylari Trampni raketa zaxiralari kamaygani haqida ogohlantirdi — AP

Strategik o‘q-dorilar zaxirasining kamayishi AQShning harbiy imkoniyatlariga ta’sir qilishi mumkin.

custom img

Tojikistonda hijob, soqol va arabcha kiyimlarga cheklov kuchaytirildi

Mahalliy hokimiyat ayollarni an’anaviy tojik milliy liboslarini kiyishga chaqirmoqda.

custom img

Rossiya va Shimoliy Koreya yangi strategik yo‘lakni yakunlamoqda

Ayrim tahlilchilar ko‘prik harbiy yuklarni tashish uchun muhim yo‘lakka aylanishi mumkinligini bildirmoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Yun Sok Yol saylov qonunchiligini buzganlik bo‘yicha ham aybdor deb topildi.

custom img

Isroil Suriyaning janubida tahdidli varaqalar tarqatdi

Varaqalarda Isroil armiyasiga qarshi har qanday harakatni to‘xtatish talabi ilgari surilgan.

custom img

Isroil AQSh yordamisiz omon qololmaydi — Tramp

Amerika prezidenti, avvalo, Eron atrofidagi vaziyatni nazarda tutganini ta'kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"