O'zbekiston

Bolaning tomog‘ini yod bilan artish katta хato–mutaxassis

O‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladigan muolajalar asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bolaning tomog‘ini yod bilan artish katta хato–mutaxassis

 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yiliga 3-4 marta o‘tkir respirator virusli kasalliklar bilan og‘rishi normal holat. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida bunday infeksiyalar keng tarqaladi.

 

Ammo bolalarning necha bor kasallikka chalinishidan ko‘ra, ularning tuzalish muddati qisqaligi ko‘proq muhim. Ayniqsa, xastalikdan so‘ng asoratlar qolmasligi asosiy natija. 

 

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Dinara Do‘stmuhammedovaning ta’kidlashicha, bemor bolalar muolajasi davomli parvarishni talab qiladi. 

 

Ammo O‘RVIga chalingan bemor farzandlarni uy sharoitida davolashda shifokor tavsiyasisiz, o‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladigan noto‘g‘ri muolajalar asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

 Masalan, tana harorati yuqori bolaning tomog‘ini yod yoki zelyonka bilan artish ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan katta xatolardan biri. Chunki shamollagan bolaning nafas yo‘li shilliq qavati juda nozik, qolaversa, virusdan yallig‘langan va shishgan bo‘ladi.

 

Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, loringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi mumkin. 

 

Tana harorati ko‘tarilganda parasetamol berish tavsiya etiladi. Ammo ba’zi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor bo‘lmagan qo‘shnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qo‘shib mazkur aralashmani isitma tushirishda qo‘llashadi. 

 

Bu mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, analgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yo‘tal paydo bo‘lgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yanada kuchaytiradi. 

 

Bundan tashqari, allergik yo‘tal, astma, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish yanglish xatti-harakatdir. Chunki tutun bola organlari spazmini ko‘paytirib, yo‘talni yanada kuchaytirishi mumkin. 

 

O‘z navbatida, tumov belgilari kuzatila boshlasa, o‘zboshimchalik bilan bolalarga antibiotiklar berish ham katta xato. Negaki, bunday preparatlar virusli xastaliklarda yordam bermaydi. Aksincha, aks ta’sir ko‘rsatadi.

 

Agar bolada pnevmoniyaning ilk belgilari kuzatilsa, shifoxonada davolanish tavsiya etiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bolaning tomog‘ini yod bilan artish katta хato–mutaxassis | Zamon.uz